Amaliyot jarayonida vazirlikning bosh buxgalteri Buranov Ikromjon Abdualimovich tomonidan berilgan amaliy koʻrsatmalarda taʼlim dargohimizda olgan bilimlarimning amaliyotda qoʻllanishiga guvoh boʻlamoqdaman. Men, asosan xodimlarning xizmat safarlari bilan shugʻullanayapman. Xodimlarning xizmat safar xarajatlari hisoblab berish, xizmat safaridagi hodimlar kelganidan keyin ularning xisoboti asosida xizmat safari haqida xujjatlarni tayyorlayapman.
Men Baxodirov Jaxongir Baxodir oʻgʻli Korporativ boshqaruv fakulteti 4 kurs, MO-12 guruh talabasi Tashqi ishlar vazirligi “Moliya iqtisod boshqarmasi”da 20-fevraldan boshlab stajirovka va amaliyot oʻtamoqdaman.
Shu vaqt mobaynida bir qator boʻlimlar faoliyati bilan yaqindan tanishib ish oʻrgandim. Xususan buxgalteriya boʻlimida 1 oy davomida UZASBO dasturini (Avans hisoboti, tovar-moddiy boyliklarining buxgalteriya hisobi, Kirim kassa orderi, Chiqim kassa orderi kiritishni koʻrib) mustaqil ishlash darajasida oʻrgandim. Hamda xodimlarning komandirovkaga joʻnab ketishi bilan bogʻliq hujjatlarni tayyorlashni, HERMES dasturida ishlashni (aviabilet, yashash xarajatlari, kunlik xarajatlarini belgilash va hisobini yuritish) oʻrgandim. Amaliyot davrida men bosh buxgalter oʻrinbosariga biriktirildim.
“Xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash, vakolatxonalarni moliyalashtirish va rejalashtirish boʻlimi”da 1 oy davomida chet eldagi vakolatxonalarning faoliyatini oʻrganib, xarajatlar smetasi bilan tanishib bir qator xorijiy vakolatxonalar bilan yaqindan ishlab (IP telefon va pochta orqali bogʻlanib) mazkur boʻlimda menga biriktirilgan rahbarning nazorati ostida 2023-yil uchun xarajatlar smetasini tuzib va uni tasdiqlash darajasiga yetkazish, chet eldagi vakolatxonalarga xat yozish va yuborish, vakolatxonalarning balansi bilan ishlash, hujjatlarga tizimlar orqali raqamlar olishni oʻrgandim. Rahbariyat tashabbusi bilan mazkur boʻlimning malakali xodimlari tomonidan maxsus darslik tuzildi va mazkur darslik asosida darslar ham tashkil etildi. Mazkur darslar haftada 2 marotaba oʻtkaziladi va hozirgacha muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda. Men bu darslarda qiziqish va ishtiyoq bilan qatnashib kelmoqdaman.
Amaliyot vaqtida oʻzimning bilimlarim va amaliy koʻnikmalarim rahbariyat tomonidan yuqori baholandim va men vazirlikning eng maʼsuliyatli va muhim qismlaridan birida ish yuritadigan “Byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar tushumini hisobga olish boʻlimi”ning yagona mutaxassisiga biriktirildim. Hozirda ularning ishlari bilan tanishib oʻrganib bormoqdaman, xususan shartnomalar bilan ishlashni, ularni tegishli tizimlarga kiritish va yuritishni, kassa xarajatlari yuritishni, “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” gʻaznachiligi bilan ishlashni, kontragentlar bilan ishlashni, UZASBO dasturida kassa plan qoʻyishni, shartnomalarni davlat xaridlari veb sahifasida (XaridUZ) belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishni, mfa.uz konsullik va boshqa yigʻimlarni yuritish, yuridik va jismoniy shaxslar bilan ishlashni oʻrganib kelmoqdaman.