Korporativ boshqaruv kafedrasiga 2008-yilda asos solingan. 2008-2016-yillar davomida kafedra “Korporativ boshqvruv va raqobatni rivojlantirish” nomi bilan yuritilgan. 2008-2012 o‘quv yillarida kafedrada “Korporativ boshqaruv” va “Menejment” (infratuzilma) mutaxassisligi hamda “Inqirozga qarshi boshqaruv” taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlangan. 2012-2016 o‘quv yillarida kafedrada 5A230108 – “Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar hamda 5230100 – “Iqtisodiyot (infratuzilma)” taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha yosh mutaxassislar tayyorlangan. 2016-yildan hozirgi kunga qadar kafedra “Korporativ boshqaruv” nomi bilan yuritib kelinmoqda. 2016-2017 o‘quv yilidan kafedrada 5A231901-Korporativ boshqaruv va 5A230108 – Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar hamda 5231900-Korporativ boshqaruv taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha yosh mutaxassislar tayyorlanmoqda.
5231900-Korporativ boshqaruv
O‘quv rejani shakllantirishda Valensiya universiteti o‘quv rejasidan andoza olingan. 2020-yilda butun jahon Times Higher Education(THE) world university rankings da 401-500 va yevropada 76-100 o‘rinni egallaydi.
University of Valencia
https://www.uv.es/uvweb/college/en/university-valencia-1285845048380.html
5A231901 – Korporativ boshqaruv
O‘quv rejani shakllantirishda Janubiy Daniya universiteti o‘quv rejasidan andoza olingan. 2020-yilda butun jahon Times Higher Education(THE) world university rankings da 251-300 va Yevropada (Yeuropean teaching ranking) 51-75 o‘rinni egallaydi.
University of Southern Denmark
5A230108 – “Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish”
O‘quv rejani shakllantirishda Niderlandiyaning Utrext universiteti o‘quv rejasidan andoza olingan. 2020-yilda butun jahon Times Higher Education(THE) world university rankings da 75 o‘rinni egallaydi.
Utrecht University
Manzil:
Toshkent,
Islom Karimov ko‘chasi,
49-uy, I Bino
Dushanba – Juma 9:00 – 18:00