«E-AUKSION» elektron savdo platformasi haqida barchasi

«E-AUKSION» elektron savdo platforma (savdo maydoncha)si O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3149-son qarori bilan tashkil etilgan.

“E-auksion” elektron savdo platformasi
“E-auksion” elektron savdo platformasi

Elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘i orqali ishtirok etish imkonini beradigan hamda buyurtmalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan maxsus dasturiy mahsulotdan foydalanilgan holda o‘tkaziladi.

Dastlab, savdo maydonchada 2017-yil 1-sentabrdan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

So‘ng, tashkil etilgan elektron onlayn-auksion faoliyatini fuqarolarga ko‘p qulayliklar yaratib o‘zini oqlaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari bilan tegishli boshqa sohalarga joriy etilib kelinmoqda.

Savdo maydoncha fuqarolar uchun elektron onlayn-auksionlarda keng ishtirok etish va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha adolatli va shaffof savdolarda egalik va foydalanish huquqlarini sotib olish imkoniyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, jumladan:

– Davlat ob’ekti (binolari) va ulushlari;

– Ijara (davlat mulkini ijaraga berish, buyurtmachilar mulklarini ijaraga berish);

– Ko‘chmas-mulk;

– Avtotransport va maxsus texnikalar;

– Yer uchastkalari (tadbirkorlik, uy joy qurish, xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligini yuritish va ekotruzim uchun);

– Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqi;

– Strategik turdagi foydali qazilmalarni qazib olish huquqi;

– Noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi;

– Tozalash xizmatalari (daryolar o‘zanlarini tozalash, hududlarni tozalash);

– Ko‘llar tizimidan foydalanish;

– Tashqi reklama ob’ektlarini qurish va o‘rnatish huquqi (yerlar va bino va inshootlarga qurish);

– Radarlar o‘rnatish joylari;

– Og‘irlik va gabaritlarni o‘lchovchi statsionar shoxobochalar o‘rnatish;

va boshqa mol-mulklar.

“E-AUKSION” Savdo maydonchaning asosiy maqsadlari:

– jismoniy va yuridik shaxslarni buyurtmalariga asosan egalik va foydalanish huquqlari bo‘yicha auksion va tanlov savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va holisligini ta’minlash;

– narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish;

– elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘ida arizalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash jarayonlariga har qanday aralashuvga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmini yaratish;

– axborot xavfsizligi vositalari yordamida axborot butunligini va maxfiyligini ta’minlash.

Yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar auksion va tanlov savdolarini tashkil etish “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmasi bo‘yicha tashkil etiladi.

Savdo o‘tkazish qoidalari

Savdoda qatnashish ofertalari

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Oʻzbekiston Kriket federatsiyasi oʻrtasida Memorandum imzolash marosimiga barchangizni taklif etamiz.
Iyun 19, 2023By
Ҳудуднинг туризм салоҳиятини ривожлантириш имкониятлари
Iyun 19, 2023By
❌Тошкент давлат иктисодиёт университети ректори бошчилигида Корпоратив бошкарув факультети декани, кафедра мудирлари ва талабалари билан Cyber park га ташриф буюришди.
Iyun 19, 2023By
2023-yilning 15-iyun sanasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Korporativ boshqaruv fakulteti “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ta’lim yo‘nalishining 4-kurs bitiruvchilari Bitiruv malakaviy ishi himoyalarini boshlashdi.
Iyun 16, 2023By
Менежмент кафедраси в.б профессори Саидов Машъал Самадовичнинг “Энергетика тармоғидаги ислоҳотлар” мавзусидаги мақоласи юқори нуфузга эга бўлган Халқ сўзи газетасида эълон қилинди.
Iyun 13, 2023By
O’RVMning 2020 yil 9-martdagi 133-son “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʼgʼrisi” gi qarori, hamda “Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʼgʼrisidagi Nizom”ga muvofiq
Iyun 13, 2023By

Fakultet manzili

Manzil:

Toshkent,
Islom Karimov ko‘chasi,
49-uy, I Bino

(0371) 239-28-14


[email protected]

Dushanba – Juma 9:00 – 18:00

Ijtimoiy tarmoqlar

Bog‘lanish