“Bank ishi va investitsiyalar” kafedrasi Respublika bank-moliya tizimini takomillashtirish yo‘nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va ushbu soha uchun malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining 1991-yil 10-martdagi ilmiy kengash qaroriga asosan dastlab “Xalqaro valuta-kredit munosabatlari” kafedrasi nomi bilan tashkil topdi.
2005-yilda kafedra nomi “Bank ishi” va 2011-yilda “Bank ishi va korporativ moliyalar” 2014-yil aprel oyidan “Bank ishi” kafedrasi, 2019-yildan “Bank ishi va investitsiyalar” kafedrasi deb o‘zgartirildi.
Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan bakalavriatda “Bank ishi” yo‘nalishida 18 ta mutaxassislik fanlari va magistratura mutaxassisliklariga 16 ta maxsus fanlardan dars o‘tiladi.
60410500 – Bank ishi va auditi
University of Birmingham 2021-yilda butun jahon QS World University Ranking sistemasida jahonda 90 o‘rinni egallagan.
University of Birmingham – https://www.birmingham.ac.uk/index.aspx
70410501 – Bank ishi va auditi
UCL (University College London) 2021-yilda butun jahon QS World University Ranking sistemasida jahonda 8 o‘rinni egallagan.
UCL – https://www.ucl.ac.uk/
70410403 – Investitsiyalarni boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Manzil:
Toshkent,
Islom Karimov ko‘chasi,
49-uy, I Bino
Dushanba – Juma 9:00 – 18:00