Memorandum imzolashdan asosiy maqsad, Universitet Sug‘urta kompaniyasi bilan birgalikda taʼlim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion hamkorligini amalga oshirish asosida innovatsion-korporativ hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston sug‘urta bozoriga sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, malakali xodimlar tayyorlash va ularni malakasini oshirishdan iborat.
Tadbirda TDIU rektori K.Sharipov, prorektor M.Yuldashev, MBF dekani A.Burxanov hamda “O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruv raisi Sh. Rasulov, Boshqaruvi raisining o‘rinbosari A.Yusupov va Boshqaruvning Ijro etuvchi apparat boshlig‘i D. Erkinjonovlar ishtirok etishdi.
O‘zaro hamkorlik doirasida:
– Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘zagrosug‘urta” AJ homiyligida “Innovatsion sug‘urta” o‘quv-ilmiy va amaliy markazni tashkil etish.
– Markazda universitet talabalari va Jamiyat xodimlari ishtirokida seminar-treninglar tashkil etish.
– Jamiyat Bosh ofisida va hududiy filiallarda universitet talabalarini malakaviy amaliyotlarini o‘tkazish.
– Universitetda sug‘urta ishiga oid fanlarni o‘qitishda Jamiyat xodimlarini jalb etish.
– Jamiyat xodimlari va universtitet pedagog xodimlari, doktorantlari, magistrlari va talabalari ishtirokida qo‘shma seminarlar, anjumanlar, konferensiyalar va davra suhbatlari tashkil etish.
– Jamiyat yetakchi xodimlarini talabalar tomonidan bajariladigan bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari va universitet mustaqil izlanuvchilari dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish ishlariga jalb etish va boshqalardan iborat.