Shuningdek, Korporativ boshqaruv kafedrasida ham “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida ilmiy-uslubiy seminar tashkil etildi. Seminarda kafedra assistenti U.F.Kenjayeva “Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning biz pedagoglar uchun eng ahamiyatli qoidalari” bo’yicha quyidagilarni taqdimot qildi.
- Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli (51-modda).
- Oliy taʼlim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, oʼzini oʼzi boshqarish, tadqiqotlar oʼtkazish va oʼqitish erkinligi huquqiga ega (51-modda).
- Davlat oʼqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʼsishi toʼgʼrisida gʼamxoʼrlik qiladi (52-modda).
- Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi (53-modda).
“Barchani Referendumga faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!”