Korporativ boshqaruv fakulteti KB-41 guruh talabalariga o‘tiladigan “Birjalar va strategiylar” fanining “Tovar-xomashyo birjalari faoliyati” mavzusi bo‘yicha ma’ruza mashg‘uloti O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasida tashkil etildi.
Talabalarga UzRTXB Boshqaruvi raisi maslahatchisi M.Haqberdiyeva tomonidan birjaning faoliyat yuritish tartibi, asosiy savdo platformalari va davlat xaridlari bo‘yicha savdo qoidalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Unga ko‘ra UzRTXB bugungi kunda quyidagi oltita yo‘nalish bo‘yicha savdo platformalari orqali tashkilotchi vazifasini bajarayotgani aytib o‘tildi.