Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 1993-yilning 3-may sanasini “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb e’lon qilish va shu kunda Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanishi haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan. Shundan buyon har yili 3-may kuni dunyo bo‘ylab Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanadi.