Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasida dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatidan kelgan turli soha vakillari mehmon bo‘lib turibdi. Uch kun davomida ishtirokchilarning professional muloqot maydoniga aylanadigan tadbir yurtimizning iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat hayotidagi yana bir muhim voqelikdir.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Belorus, Vengriya, Fransiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan 700 dan oshiq ishlab chiqarish kompaniyalari va biznes delegatsiyalari, 1300 dan ortiq jismoniy shaxslar qatnashmoqda.
Ushbu ko’rgazmada Universitet jamoasi ham munosib ishtirok etishmoqda. Ko’rgazmaning ikkinchi kunida bir nechta loyihalarni amalga oshirish borasida muzokaralar olib borildi.