Himoyada Komissiya raisi sifatida O‘zbekiston ekspotchilar uyushmasi Boshqaruv raisi Malikov Yorqin Erkinjonovich, Komissiya a’zolari sifatida Toshkent moliya instituti “Baholash ishi va investetsiyalar” kafedrasi dotsenti i.f.n. Raimjanova Madina Asrorova, “Business standard” kompaniyasi bosh direktori Ubaydullayev Ravshan Samigovich hamda “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi o‘qituvchilari Dadabayev Umidjon Abdusamat o‘g‘li va Xudaybergenova Adalat Ne’matullayevna qatnashdilar.
Himoyada Komissiya a’zolari tomonidan talabalarning egallagan bilimlari, tadqiqot ishi mohiyati, erishilgan yutuqlari va natijalari savol-javoblar orqali aniqlandi. Talabalar berilgan savollarga javob berishdi va bu orqali Bitiruv malakaviy ishlarini munosib himoya qilishdi.