Unda Prezident Administratsiyasi, parlament aʼzolari, vazirlik va idoralar masʼullari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalari jamoasi sohibqiron haykali poyiga gullar qoʻyib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.