Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan “Oʻzbekiston va Polshada oliy taʼlimni rivojlantirish strategiyalari” mavzusiga bagʻishlangan Oʻzbekiston-Polsha oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Ushbu konferensiya davomida, Polsha davlatida faoliyat yuritayotgan universitetlari bilan talabalar uchun “Exchange programm”, “Work and travel ” va “Summer school” dasturlari yuzasidan 2 tomonlama hamkorlik yo’lga qo’yildi.