Ozarbayjon davlat neft va gaz universiteti qoshidagi sanoat korxonalari xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori G. Guseynov va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori G. Abdurahmanova tomonidan ta’lim sohasi va ilmiy-izlanish faoliyatiga doir memorandum imzolandi.
Memorandumga asosan umumiy mavzuga doir qo’shma ilmiy izlanishlar tashkil etish orqali ilmiy ishlar bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yish, olimlar almashuvini olib borish va birgalikda yuqori reytingga ega jurnallarda maqolalar chop etish kabi masalalar ko’rib chiqildi.