Forumning ikkinchi sessiyasida ilm-fan, taʼlim va texnika sohalarida istiqbolli hamkorlik doirasida akademik va ilmiy almashinuv aloqalari va qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Oʻzaro muzokaralarda mamlakatimiz tomonidan Oʻzbekiston milliy universiteti, Fargʻona davlat universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetlari hamda Buxoro muhandislik-texnologiya va Toshkent kimyo-texnologiya institutlari, Rossiyadan esa Sankt-Peterburg davlat universiteti, Rossiya xalq xoʻjaligi akademiyasi, Rossiya Janubiy federal universiteti, Moskva xalqaro hamkorlik instituti rektorlari ishtirok etmoqda.
Unda bakalavriat va magistratura taʼlimida akademik hamda ilmiy almashinuvni yoʻlga qoʻyish, texnika, kimyo texnologiya va muhandislik sohalarida Rossiya universitetlari bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlash boʻyicha kelishuvlarga erishiladi.
Sessiya yakuni boʻyicha 10 dan ortiq hujjat imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.